Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19 hafta)

O‘tgan haftada bir necha yangi smartfonlar taqdim etildi. Bu esa reytingga ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi. Sony Xperia 1 IV birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

O‘tgan haftada birinchi po‘g‘onani egallagan Galaxy A53 ikkinchi o‘ringa tushdi. Galaxy S22 Ultra esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Redmi Note 11 to‘rtinchi pog‘onaga tushib qoldi. Yangi Google Pixel 6a va Sony Xperia 10 IV modellari mos ravishda beshinchi va oltinchi pog‘onalarni egalladi. 

Galaxy A73 ikki pog‘ona pastlab yettinchi o‘ringa joylashdi. O‘z navbatida iPhone 13 Pro Max ham ikki o‘rin pastladi. Qurilma ayni vaqtda sakkizinchi o‘rinda.

Galaxy A13 to‘qqizinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Poco F4 GT reytingga yakun yasab berdi. 

Bu haftadagi top o‘ntalikni OnePlus Nord 10R, ZTE Axon 40 Ultra va Galaxy A52s smartfonlari tark etdi. 

Sony Xperia 1 IV

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan  

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 1 

Samsung Galaxy S22 Ultra 5G

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 3 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 2 

Google Pixel 6a

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan  

Sony Xperia 10 IV

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan  

Samsung Galaxy A73 5G

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 5 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 6 

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 8 

Xiaomi Poco F4 GT

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 4 

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (18 hafta)