Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (2-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (2-hafta)

Bu haftadagi reytingimiz yetakchisini hamma osonlikcha taxmin qilgan bo‘lsa kerak. Yangi taqdim qilingan Galaxy S21 Ultra smartfoni birinchilikni hech kimga bermadi.

Galaxy S21 modeli esa ikkinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, Xiaomi Mi 11 top uchlikka yakun yasadi.

Yangi Galaxy oilasining yana bir vakili — Galaxy S21+ beshinchida, undan oldingi to‘rtinchi o‘rinda esa Galaxy A12.

Oltinchi o‘rin Redmi Note 9 Pro'ga nasib qilgan bo‘lsa, Galaxy A51 o‘zining o‘tgan galgi mavqeyini saqlab qoldi — yettinchi o‘rin.

Xiaomi'ning yana bir qurilmasi — Mi 10i sakkizinchilikni band etgan bo‘lsa, eng so‘nggi pog‘onalarni iPhone 12 Pro Max va Poco X3 NFC'lar egalladi.

Shunday qilib, Redmi 9T va Redmi Note 9T 5G qurilmalari bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Samsung'ning 5 ta, Xiaomi'ning 4 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni top o‘ntaligimizni tuzib berdi.

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S21 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy S21+ 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Mi 10i 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (1-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!