Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (20 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (20 hafta)

Sony Xperia 1 IV smartfoni yetakchilikni uzoq vaqt ushlab qola olmadi. 20 haftaga kelib Galaxy A53 yana birinchi o‘rinni qaytarib oladi. 

Galaxy S22 Ultra va Redmi Note 11 modellari bir pog‘ona yuqorilab ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga joylashdi. 

Xperia 1 IV esa bu haftada to‘rtinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, undan keyingi ikki o‘rin iPhone 13 Pro Max hamda Galaxy A73 smartfonlariga nasib etdi. 

Yangi Oppo Reno8 Pro+ modeliga ham qiziqish katta bo‘lgani uchun u ham reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda gadjet yettinchi o‘rinda. 

Yana bir yangi smartfon Infinix Note 12 VIP sakkizinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Galaxy A13 o‘zining o‘tgan haftadagi to‘qqizinchi o‘rnini saqlab qoldi. Reytingni Google Pixel 6a modeli yakunlab berdi. 

Ushbu haftada top o‘ntalikni Xperia 10 IV va Poco F4 GT smartfonlari tark etdi. 

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 2 

Samsung Galaxy S22 Ultra 5G

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 3 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 4 

Sony Xperia 1 IV

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 1 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 8 

Samsung Galaxy A73 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 7 

Oppo Reno8 Pro+

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan   

Infinix Note 12 VIP

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan   

Samsung Galaxy A13 

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 9 

Google Pixel 6a

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 5 

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19 hafta) 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.