Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (21-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (21-hafta)

Bir necha istisnoli holatlarni inobatga olmaganda, Xiaomi o‘tgan oy davomida bizning ro‘yxat yetakchisi bo‘ldi.

Xitoylik smartfonsoz bu gal ommabop smartfonlar reytingining naq yetti pog‘onasini band etdi. Bu esa chartlar tarixida misli ko‘rilmagan voqea, g‘alabadir.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarda mos ravishda Redmi Note 10 Pro va Redmi Note 10 smartfonlari, uchinchida esa Poco M3 Pro turibdi.

Poco X3 Pro to‘rtinchilikka o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, yangi taqdim qilingan Redmi Note 8 2021 qoq markazdan o‘rin egalladi.

Keyingi ikki o‘rin esa Poco F3 va Xitoy uchun chiqarilgan Redmi Note 10 smartfonlariga tegdi va shu bilan Samsung'ning davri keldi.

Sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarni mos ravishda Galaxy S21 Ultra, Galaxy A52 va Galaxy A72 band etdi. Shunday qilib, bu gal duapoliya kuzatildi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan yigirma birinchi haftada bizning reytingdan Xiaomi'ning 7 ta, Samsung'ning 3 ta smartfoni o‘rin oldi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco M3 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 8 2021
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 10 Pro (Xitoy)
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi
reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (20-hafta)