Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (22 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (22 hafta)

Bir haftalik tanaffusdan so‘ng reytingda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Redmi Note 11T Pro+ reytingda yetakchiga aylandi. Galaxy S22 Ultra va Redmi Note 11 modellari kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Anchadan beri birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Galaxy A53 bu haftada to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Undan keyingi pog‘onani iPhone 13 Pro Max egalladi. 

Galaxy A73 va A13 modellari mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlarga joylashgan bo‘lsa, yangi Tecno Spark 9 Pro smartfoni sakkizinchi o‘rinni band etdi. 

Honor 70 Pro+ sakkizchi pog‘onani o‘ziniki qildi. So‘nggi o‘ninchi o‘rin esa 2018 yilda taqdim etilgan iPhone XR'ga nasib etdi. 

Xiaomi Redmi Note 11T Pro+

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan    

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 2  

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 3 

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 1 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 5 

Samsung Galaxy A73 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 6 

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 9

Tecno Spark 9 Pro

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan    

Honor 70 Pro+

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan    

Apple iPhone XR

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan    

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (20 hafta) 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!