Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23-hafta)

Redmi Note 10 Pro'ning reytingimizdagi yetakchiligi o‘z nihoyasiga yetdi, chunki yangi taqdim qilingan OnePlus Nord CE smartfoni bir necha oydan beri dominant bo‘lib kelgan Redmi'ni taxtdan ag‘dardi.

Shunday qilib, Redmi Note 10 Pro va Note 10 smartfonlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etdi.

OnePlus Nord CE hali taqdim qilinmasidanoq bizning chartdan o‘rin egallaganini inobatga olsak, smartfonning bu gal birinchi o‘ringa chiqqaniga taajjublanmasa ham bo‘ladi.

Keyingi ikki o‘rin Poco dueti — X3 Pro va M3 Pro'larga tegdi.

Navbtadagi ikki o‘rinni esa Samsung smartfonlari — Galaxy S21 Ultra hamda Galaxy A52 egalladi. Sakkizinchilikka esa yana bir Poco smartfoni — F3 o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Oxirgi ikki o‘rinni esa Galaxy A12 va iPhone 12 Pro Max'lar egalladi. Shunday qilib, realme X7 Max va Poco F3 GT smartfonlari bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan yigirma uchinchi haftadagi reytingimizdan Xiaomi'ning 6 ta, Samsung'ning 2 ta, OnePlus'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni o‘rin egalladi.

OnePlus Nord CE 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco M3 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (22-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.