Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24-hafta)

OnePlus Nord CE faqatgina bir hafta top o‘ntalikda birinchilikni egallab turdi xolos. Bu gal Redmi Note 10 Pro yana yetakchilikni qo‘lga oldi.

OnePlus'ning ta’biricha o‘rta toifa qotili bo‘lgan Nord CE ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Top uchlikka Redmi Note 10 yakun yasab berdi.

Poco X3 Pro to‘rtinchilikni saqlab qola olgan bo‘lsa, Samsung'ning Galaxy S21 Ultra va Galaxy A52 juftligi mos ravishda beshinchi va oltinchi o‘rinlarga ko‘tarildi.

Yana bir Poco smartfoni F3 yettinchilikka o‘z nomini yozdirdi. M3 Pro esa reytingimizni tark etdi.

Yangi chiqqan Honor 50 Pro sakkizinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kutilmaganda Xiaomi Mi 11 Lite ro‘yxatga qaytib, to‘qqizinchi pog‘onani zabt etdi.

Chartimizni realme GT yakunlab berdi. Shunday qilib, Galaxy A12, Apple iPhone 12 Pro Max va Poco M3 Pro'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, ortda qolgan yigirma to‘rtinchi haftada Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 2 ta, OnePlus'ning 1 ta, Honor'ning 1 ta va realme'ning 1 ta smartfoni bizning ro‘yxatni tuzib berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
OnePlus Nord CE 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Honor 50 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 11 Lite
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
realme GT 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!