Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24 hafta)
24-haftadagi reytingda ikkita hali taqdim etilmagan smartfon paydo bo‘ldi. Poco kompaniyasining F4 va X4 GT smartfonlarining taqdimot sanasi va texnik ko‘rsatkichlari allaqachon ommaga ma’lum bo‘lgan. O‘z navbatida ikki qurilmaga qiziqish ham oshgan.
Reytingda hamon Galaxy S22 Ultra yetakchilik qilmoqda. Shu haftada taqdim etiladigan Poco F4 modeli ikkinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Redmi Note 11 yakun yasab berdi.
To‘rtinchi pog‘ona Galaxy A53 modeliga nasib etdi, undan keyingi o‘ringa Poco X4 GT joylashdi.
iPhone 13 Pro Max reytingda bir pog‘ona pastlab oltinchi o‘ringa tushdi. Galaxy A13 va A73 modellari mos ravishda yettinchi hamda sakkizinchi o‘rinlarni band etishdi. O‘tgan haftada ham ikki qurilma ayni shu o‘rinlarda edi.
Eski iPhone XR modeli mana uchinchi haftadirki reytingga kirishga muvaffaq bo‘lmoqda. Hozirda smartfon to‘qqizinchi pog‘onada. Reytingni Redmi Note 11T Pro modeli yakunlab berdi.
Ushbu haftada top o‘ntalikni realme Neo 3T va iPhone X smartfonlari tark etdi.
Samsung Galaxy S22 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 1
Xiaomi Poco F4
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 2
Samsung Galaxy A53 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 3
Xiaomi Poco X4 GT
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 5
Samsung Galaxy A13
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 7
Samsung Galaxy A73 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 8
Apple iPhone XR
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 9
Xiaomi Redmi Note 11T Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 4