Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (25-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (25-hafta)

Yigirma beshinchi haftadagi reytingimizda ham Redmi Note 10 Pro yetakchilik qilmoqda. Lekin ikkinchilikni qaysi smartfon band etgani ko‘pchilikni hayron qoldirishi mumkin.

Yangi taqdim qilingan Tecno Phantom X ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Redmi Note 10 esa o‘zining uchinchi pog‘onasini hech kimga bermagan bo‘lsa, Poco X3 Pro to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Qoq markaz Mi 11 Lite'ga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni Samsung Galaxy S21 Ultra va Galaxy A52 band qildi.

Sakkizinchilikda Poco F3 turibdi. O‘tgan haftada ikkinchi o‘rinni egallagan OnePlus Nord CE esa bu gal to‘qqizinchida. Oxirgi o‘rin Galaxy A32'ga nasib qildi.

Shu bilan, Honor 50 Pro va realme GT'lar bu gal ko‘rinish bermadi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan yigirma beshinchi haftada Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 3 ta, Tecno'ning 1 ta va OnePlus'ning 1 ta smartfoni reytingimizni tuzib berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Tecno Phantom X
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Mi 11 Lite
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
OnePlus Nord CE 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.