Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (26-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (26-hafta)

Yigirma oltinchi haftadagi reytingimiz top uchtaligini Xiaomi smartfonlari band etdi. Anchadan beri hammaning sevimlisi bo‘lib kelayotgan Redmi Note 10 Pro yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Redmi Note 10 va Poco X3 Pro'lar keyingi o‘rinlarni band etdi.

Navbatdagi — to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni Samsung Galaxy S21 Ultra va Galaxy A52 egalladi. Bu — koreyalik kompaniya qurilmalar anchadan beri erishgan eng yuqori o‘rin.

Oldingi reytingimizda hammani hayron qoldirib ikkinchilikni band etgan Tecno Phantom X hali ham top o‘ntalikda; bu gal oltinchilikka o‘z o‘rnini yozdirdi. Quyi toifa smartfonlarga ixtisoslashgan yosh kompaniya uchun bu yaxshi natija.

Yettinchilikda esa chartimizdagi yagona yangi vakil Infinix Zero X konsepti turibdi. Bu smartfon sotuvga chiqmasa ham, uning 160 vattda quvvatlanishi va noyob dizayni ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qarata oldi.

Keyingi o‘rinlarni yana ikkita Xiaomi smartfoni band etdi — Poco F3 va Mi 11 Lite. Reytingimizga Samsung Galaxy A32 yakun yasab berdi.

Shunday qilib, OnePlus Nord CE bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 3 ta, Tecno'ning 1 ta va Infinix'ning 1 ta smartfoni ortda qolgan yigirma oltinchi haftadagi chartimizni tuzib berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Tecno Phantom X
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Infinix Zero X
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Mi 11 Lite
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (25-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!