Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (27-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (27-hafta)

Yigirma yettinchi hafta reytingidagi top uch smartfon o‘sha-o‘sha, faqat ularning joylashuv o‘rnida tafovut bor. Redmi Note 10 Pro birinchi o‘rnini saqlab qoldi, lekin Redmi Note 10 o‘z o‘rnini Poco X3 Pro'ga bo‘shatib berdi.

Samsung Galaxy S21 Ultra to‘rtinchilikni band etgan bo‘lsa, yangi taqdim qilingan Asus Smartphone for Snapdragon Insiders (Snapdragon insayderlari uchun Asus smartfoni) qoq markazni egalladi. Qualcomm ushbu qurilma savdosi zo‘r bo‘lishini kutmasligini aytgan bo‘lsa ham, unga bo‘lgan qiziqish yuqori.

Shu bilan, Galaxy A52 oltinchi, Poco F3 yettinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi.

Oxirgi ikki o‘rinni reytingga qayta qo‘shilgan Galaxy A12 va Apple iPhone 12 Pro Max'lar egalladi. Shunday qilib, Tecno Phantom X va Infinix Zero X konsepsion qurilmalari bizni tark etdi. Xiaomi Mi 11 Lite ham ko‘rinish bermadi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan yigirma yettinchi haftada Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 4 ta, Asus'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni bizning reytingni tuzib berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Asus Smartphone for Snapdragon Insiders
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (26-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!