Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (27 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (27 hafta)

O‘tgan haftada reytingda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan edi. Biroq yangi haftada katta o‘zgarishlar kuzatildi. 

Xiaomi 12S seriyasi taqdim etilganidan so‘ng 12S Ultra jadvalda yetakchiga aylandi. Undan keyingi o‘rin Xiaomi 12S modeliga nasib etgan bo‘lsa, Galaxy S22 Ultra kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Video tizerlari e’lon qilingan Asus Zenfone 9 ham texnika ishqibozlarining e’tiborini o‘ziga torta oladi. Qurilma to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi. Beshinchi o‘rin Nothing phone (1) modeliga nasib etdi. O‘tgan hafta qurilma birinchi o‘rinda edi. 

Redmi Note 11 oltinchi pog‘onasini saqlab qoldi. Undan keyingi ikki o‘ringa mos ravishda Galaxy A53 va iPhone 13 Pro Max joylashdi. 

Xiaomi 12S to‘qqizinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Infinix Note 12 Pro 5G top o‘ntalikka yakun yasab berdi.

Xiaomi 12S Ultra

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Xiaomi 12S Pro

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Asus Zenfone 9

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Nothing phone (1)

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Xiaomi 12S

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Infinix Note 12 Pro 5G

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (26 hafta) 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.