Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (29-hafta)
Hali rasman taqdim etilmagan vaqt OnePlus Nord 2 5G o‘tgan hafta top o‘ntalikdan o‘rin olgan edi. Bir necha kun oldin rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tgan so‘ng, Nord 2 5G endi top o‘ntalikning birinchi pog‘onasiga chiqib oldi.
Anchadan beri birinchilikni hech qaysi smartfonga bermayotgan Redmi Note 10 Pro endi ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Kuchli uchlikni ro‘yhatda yangi bo‘lgan Poco F3 GT yakunlagan.
O‘tgan haftada kuchli uchlikka kirgan Poco X3 Pro smartfoni esa bu haftada to‘rtinchi o‘ringa pastlagan bo‘lsa, Samsung Galaxy S21 Ultra o‘zining beshinchi pog‘onasini saqlab qolgan.
Redmi Note 10 bu hafta uchinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushib ketdi. Yettinchi o‘rinni esa realme GT Master Explorer smartfoni band qilgan. Poco F3 hamda Galaxy M21 2021 smartfonlari mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni qayd etishdi. Ro‘yxatni esa Galaxy A52 smartfoni yakunlab bergan.
Top o‘ntalikni Nokia XR20 hamda iPhone 12 Pro Max tark etgan.
OnePlus Nord 2 5G Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Redmi Note 10 ProHozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco F3 GT Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Xiaomi Poco X3 ProHozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy S21 Ultra Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 10Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
realme GT Master Explorer Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Xiaomi Poco F3 Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy M21 2021 Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A52Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6