Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3-hafta)

Samsung Galaxy S21 Ultra ommabop smartfonlar reytingidagi yetakchiligini saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda ham o‘zgarish kuzatilmadi. Top uchtalikning keyingi o‘rinlarini Galaxy S21 va Xiaomi Mi 11'lar egalladi.

Samsung'ning yana bir modeli -- Galaxy A12 to‘rtinchilikka o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, Poco M3'ga qoq markaz nasib qildi.

Yangi taqdim qilingan Honor View40 (yoki V40) oltinchi o‘rinni, yana bir yangi kamerafon vivo X60 Pro+ esa yettinchilikni band qildi.

Redmi Note 9 Pro sakkizinchilikka tushib qolgan bo‘lsa, to‘qqizinchi o‘rin yana Apple iPhone 12 Pro Max'ga nasib qildi.

Reytingimizning doimiy vakili Samsung Galaxy A51 eng so‘nggi o‘rinni band etib, chartimizni yakunlab berdi.

Shunday qilib, Galaxy S21+, Poco X3 va Xiaomi Mi 10i'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning 3 ta, vivo'ning 1 ta, Honor'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni uchinchi haftadagi reytingimizni tuzib berdi.

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy S21 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Honor View40
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
vivo X60 Pro+ 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (2-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.