Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3-hafta)

Yanvar oyining uchinchi haftasi nisbatan sokin o‘tdi. Fevral oyida bir qancha yangi smartfonlar taqdim etilsa, reytingda ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘tgan hafta ommabop smartfonlar reytingida katta o‘zgarishlar kuzatilmadi. 

Galaxy S21 FE hamon yetakchilikni saqlab turibdi. Xuddi o‘tgan haftadagidek OnePlus 10 Pro va Xiaomi 12 Pro smartfonlari kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Galaxy A52s hamda iPhone 13 Pro Max qurilmalari o‘tgan haftadagi to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni saqlab qolgan bo‘lsa, Redmi Note11 Pro bir pog‘ona yuqorilab, oltinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Yettinchi o‘rin realme 8 Pro Plus smartfoniga nasib etdi. Galaxy A12 bir pog‘ona yuqorilab, sakkizinchi o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, Xiaomi 11T Pro to‘qqizinchi o‘rinni band etdi. 

Reytingni Redmi Note 10 Pro smartfoni yakunlab berdi. 

Top o‘ntalikni Xiaomi 11i HyperCharge va realme GT 2 Pro qurilmalari tark etdi. 

Samsung Galaxy S21 FE

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 1 

OnePlus 10 Pro

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 2 

Xiaomi 12 Pro

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 3 

Samsung Galaxy A52s 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 4 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 5 

Xiaomi Redmi Note 11 Pro

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 7 

realme 9 Pro Plus

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Samsung Galaxy A12

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 9 

Xiaomi 11T Pro

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Xiaomi Redmi Note 10 Pro

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 10 

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (2 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!