Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (30-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (30-hafta)

Huawei o‘zining yangi flagman P50 Pro smartfonini taqdim etishi bilan qurilma darhol top o‘ntalikning birinchi pog‘onasini zabt etdi.

Xiaomi Poco F3 GT esa jadvalda bir pog‘ona yuqorilab ikkinchi o‘ringa joylashdi. O‘tgan haftada ro‘yxat yetakchisi bo‘lagan OnePlus Nord 2 5G bu haftaga kelib uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro jadvalda pastlashni davom etmoqda. Smartfon ushbu hafta to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Undan keyingi o‘rinlarni yangi taqdim etilgan Xiaomi Poco X3 GT hamda Xiaomi Poco X3 Pro smartfonlari egalladi.

Samsung Galaxy S21 Ultra ham bu hafta ikki pog‘ona pastlab yettinchi o‘ringa joylashdi. Xiaomi Redmi Note 10 va Xiaomi Poco F3 esa mos ravishda sakkizinchi hamda to‘qqizinchi o‘rinlarni band etdi. Ro‘yxatni yana bir bor Galaxy A52 smartfoni yakunlab berdi.

Top o‘ntalikdan realme GT Master Explorer hamda Samsung Galaxy M21 2021 smartfonlari tark etdi.

Huawei P50 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Poco F3 GT
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

OnePlus Nord 2 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Poco X3 GT
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (29-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!