Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31-hafta)

Google Pixel 6 seriyasi smartfonlarining tizerlari e’lon qilingandan so‘ng, Pixel 6 smartfoni ushbu haftadagi top o‘ntalikning birinchi pog‘onasini egalladi.

Ikki haftalik pastlashdan so‘ng, Redmi Note 10 Pro jadvalda yuqorilab ikkinchi o‘rinni band qildi. O‘tgan haftada birinchi bo‘lgan Huawei P50 Pro smartfoni bu hafta uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Xiaomi Poco F3 GT hamda OnePlus Nord 2 5G smartfonlari jadvalda ikki pog‘ona pastlab, mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etdi.

Poco X3 Pro, Samsung Galaxy S21 Ultra hamda Xiaomi Redmi Note 10 o‘tgan haftadagi pog‘onalarini saqlab qolishgan bo‘lsa, Xiaomi Poco X3 GT to‘rt pog‘ona pastlab, to‘qqizinchi o‘rinni qayd etdi.

Odatdagidek, Samsung Galaxy A52 smartfoni ushbu hafta ham ro‘yxatni yakunlab bergan.

Top o‘ntalikni esa Xiaomi Poco F3 smartfoni tark etdi.

Google Pixel 6
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Huawei P50 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Poco F3 GT
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

OnePlus Nord 2 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Xiaomi Poco X3 GT
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (30-hafta)