Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31 hafta)

31 haftada reytingning yuqori pog‘onalarida o‘zgarishlar kuzatildi. Nothing phone (1) taqdim etilganidan mana bir qancha vaqt o‘tib unga bo‘lgan qiziqish tushib ketmoqda. Natijada Zenfone 9 modeli birinchi o‘ringa chiqib oldi. Galaxy S22 ham bir pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘ringa joylashdi. Nothing phone (1) esa kuchli uchlikka yakun yasadi. 

Redmi Note 11 to‘rtinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, undan keyingi o‘ringa OnePlus 10T modeli joylashdi. 

Galaxy A53 va iPhone 13 Pro Max modellari o‘zlarining o‘tgan haftadagi oltinchi va yettinchi o‘rinlarini saqlab qoldi. 

Google Pixel 6a bu hafta sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Galaxy A13 esa o‘z o‘rnida qoldi. Reytingni iPhone XR yakunlab berdi. 

Ushbu haftada top o‘ntalikni iPhone X smartfoni tark etdi. 

Asus Zenfone 9

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Nothing phone (1)

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

OnePlus 10T

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Google Pixel 6a

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Apple iPhone XR 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (30 hafta) 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!