Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33-hafta)

33 haftada o‘tgan haftadagidek keskin o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsada, yangi smartfonlar taqdim etilishi sababli yana uchta smartfon top o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Xiaomi Mi Mix 4 o‘tgan haftadagi o‘zining birinchi pog‘onasini saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga esa yangi taqdim etilgan hamyonbop Redmi 10 hamda Google Pixel 5a smartfonlari joylashdi.

Redmi Note 10 Pro hali ham reytingda mavjud. Bu hafta ham smartfon to‘rtinchi o‘rinni qayd etdi. Samsung kompaniyasining Galaxy Z Fold3 hamda Z Flip3 buklamafonlari reytingda pastlab, beshinchi va oltinchi o‘rinlarni band etishdi.

Poco X3 Pro smartfoni ham o‘zining o‘tgan haftadagi yettinchi o‘rinini saqlab qoldi. Reytingga kirgan uchinchi yangi iQOO 8 Pro smartfoni esa sakkizinchi pog‘onani qayd etgan bo‘lsa, Redmi Note 10 to‘qqizinchi o‘ringa joylashdi.

Top o‘nlikni esa Galaxy S21 Ultra yakunlab bergan.

Reytingdan Honor Magic3 Pro+, Mi Pad 5 Pro, OnePlus Nord 2 5G smartfonlari tark etishdi.

Xiaomi Mi Mix 4
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Google Pixel 5a
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Samsung Galaxy Z Fold3 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy Z Flip3 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

vivo iQOO 8 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (32-hafta)