Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 33 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Oxirgi yetti kun ichida yangi taqdim etilgan qurilmalarning bir nechtasi reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Sentyabr oyining o‘rtasida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 14 Pro Max hammaning diqqatini o‘ziga tortmoqda. Smartfon kutilmaganda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Undan keyingi o‘rinlarni Galaxy Z Fold4 va Galaxy S22 Ultra modellari egallaydi. 

To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni yangi taqdim etilgan Motorola Edge hamda o‘rta toifadagi, biroq flagman darajadagi kamerlarga ega vivo V25 smartfonlari band etdi.

Biroz pastroqqa nazar tashlasak, oltinchi o‘rindan sakkizinchi o‘ringacha bestseller smartfonlar - Redmi Note 11, iPhone 13 Pro Max va Galaxy A53 joylashganini ko‘rishimiz mumkin. 

Oxirgi ikki o‘dindagi qurilmalar o‘tgan haftada faqat Xitoy bozori uchun taqdim etilgan smartfonlar - Xiaomi Mix Fold2 va Moto X30 Pro. 

Apple iPhone 14 Pro Max

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Samsung Galaxy Z Fold4

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Motorola Edge (2022)

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

vivo V25 Pro

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Mix Fold2

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Motorola Moto X30 Pro 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (32 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!