Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34-hafta)

Ortda qolgan 34-haftada oldingi ikki haftadagi kabi ko‘p yangi smartfon chiqmadi. Natijada, bizning chart ham nisbatan barqaror bo‘ldi.

Uzoq muddat yetakchi bo‘lgan Redmi Note 10 Pro yana birinchilikka qaytdi. Redmi 10 va sobiq birinchi o‘rin sohibi Mix 4 top uchlikka yakun yasadi. Shunday qilib, birinchi uch o‘rin faqat Xiaomi smartfonlaridan tarkib topdi.

Poco X3 Pro to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarib olingan bo‘lsa, Samsung Galaxy A52s va Galaxy S21 Ultra'lar keyingi pog‘onalarni band etdi.

Redmi Note 10 yettinchi, Google Pixel 5a 5G esa sakkizinchi bo‘ldi. Poco F3 to‘qqizinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirib, reytingimizdagi oltinchi Xiaomi smartfoniga aylandi.

Samsung Galaxy A12 esa ro‘yxatga yakun yasab berdi. vivo iQOO 8 Pro va Samsung'ning buklamafonlar juftligi esa bizni tark etdi.

Shunday qilib, ortda qolgan o‘ttiz to‘rtinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 6 ta, Samsung'ning 3 ta, Google'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi 10
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mix 4
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Google Pixel 5a 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!