Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 34 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Apple rasman iPhone 14 seriyasini 7 sentyabr sanasida taqdim etishini ma’lum qildi. Bu holat o‘z navbatida reytingga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.

iPhone 14 Pro Max birinchi o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa, yana uchta iPhone modellari reytingning qolgan o‘rinlarini band etdi. Galaxy Z Fold4 ikkinchi o‘rindan yettinchi o‘ringa tushib ketganligi sabab uning o‘rnini Galaxy S22 Ultra egalladi. 

Kuchli uchlikni Galaxy A53 modeli yakunlab berdi. Undan keyingi o‘rin esa iPhone 13 Pro Max'ga nasib etdi. 

Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 11 va Note 11 SE smartfonlari esa mos ravishda beshinchi hamda oltinchi o‘rinlarga joylashdi. Bu haftada Xiaomi'ning faqatgina ushbu ikki smartfoni reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Sakkizinchi o‘rinni Galaxy A13 modeli band etdi. Oxirgi ikki o‘ringa iPhone XR va iPhone X smartfonlari joylashdi. 

Ushbu haftada top o‘ntalikni Motorola Edge (2022) Motorola X30 Pro, vivo V25 Pro hamda Xiaomi Mix Fold2 smartfonlari tark etdi. 

Apple iPhone 14 Pro Max 

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Redmi Note 11 SE (India)

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Samsung Galaxy Z Fold4

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Apple iPhone XR

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

Apple iPhone X

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi : reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!