Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (35 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (35 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 35 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Sony o‘tgan haftada Xperia 5 IV kichik hajmli flagman smartfonni taqdim etgan edi. Ushbu modelga qiziqish birdan ortdi, natijada smartfon reytingda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

O‘tgan haftada yetakchi bo‘lgan iPhone 14 Pro Max bu hafta ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Albatta, ushbu smartfon rasman taqdim etilgach yana birinchi o‘rniga qaytadi. Kuchli uchlikka Galaxy S22 Ultra yakun yasab berdi. 

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga mos ravishda Galaxy A53 hamda iPhone 13 Pro Max smartfonlari joylashdi. Xiaomi kompaniyasining reytingdagi yagona vakili Redmi Note 11 oltinchi pog‘onani band etdi. 

Yangi Nokia X30 modeli yettinchi o‘rinni band etdi. Undan keyingi ikki o‘rinni iPhone XR hamda Galaxy A13 qurilmalari egallagan bo‘lsa, reytingga iPhone X yakun yasadi. 

Ushbu haftada top o‘ntalikni Galaxy Z Fold4 hamda Redmi Note 11 SE smartfonlari tark etdi. 

Sony Xperia 5 IV

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 14 Pro Max

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Nokia X30

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone XR

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Apple iPhone X

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34 hafta) 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!