Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (36 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (36 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 36 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. O‘tgan haftada barchaning diqqat e’tibori Apple kompaniyasining taqdimotida namoyish qilingan iPhone 14 smartfonlarida bo‘ldi.

Reytingda esa yangi taqdim etilgan qurilmalar yetakchilikni qo‘lga oldi. Shuningdek, eski iPhone'lardan bir nechtasi reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

iPhone 14 Pro modeli birinchi o‘ringa chiqdi. Ikkinchi o‘rin iPhone 14 Pro Max'ga nasib etgan bo‘lsa, iPhone 14 kuchli uchlikka yakun yasadi. 

iPhone 14 Plus to‘rtinchi, o‘tgan yilgi iPhone 13 Pro Max beshinchi o‘ringa joylashdi. Oltinchi pog‘onani esa Galaxy S22 Ultra band etdi. Yana bir Apple qurilmasi - iPhone 13 yettinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, sakkizinchi o‘rin Galaxy A53 modeliga nasib etdi. 

O‘tgan haftada Huawei Mate 50 Pro smartfoni ham taqdim etildi. Ushbu qurilma to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Top o‘ntalikni Redmi Note 11 yakunlab berdi. 

Apple iPhone 14 Pro

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 14 Pro Max

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Apple iPhone 14

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 14 Plus

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro Max 

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Apple iPhone 13

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Huawei Mate 50 Pro

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (35 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!