Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (37-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (37-hafta)

O‘tgan hafta Apple hamda Xiaomi kompaniyalari o‘z taqdimotlarida yangi smartfonlarni namoyish etishdi. Shubhasiz, yangi smartfonlar top o‘ntalikka kirishi kutilayotgan edi. Shunday ham bo‘ldi.

iPhone 13 Pro Max reytingning birinchi o‘rnini egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ham Apple gadjetlari bo‘lgan iPhone 13 hamda 13 Pro smartfonlari egalladi.

To‘rtinchi o‘ringa yangi Xiaomi 11T Pro smartfoni joylashgan bo‘lsa, undan keyingi pog‘onani iPhone 13 mini band etdi.

Beshinchi o‘rin hali taqdim etilmagan Galaxy M52 5G smartfoniga nasib qilgan. Redmi Note 10 Pro esa ikkinchi o‘rindan yettinchi o‘ringa tushib ketdi.

Yana bir yangi qurilma iPad mini esa sakkizinchi pog‘onani qayd etgan bo‘lsa, Galaxy A52s to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Top o‘ntalikni iPhone 12 Pro Max yakunlab berdi.

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Apple iPhone 13
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi 11T Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 mini
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy M52 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Apple iPad mini (2021)
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (35-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!