Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (38-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (38-hafta)

Mana uch haftadan beri iPhone 13 Pro Max yetakchilikni hech kimga bermayapti. Undan keyingi o‘rinlarni ham Apple smartfonlari: iPhone 13 hamda iPhone 13 Pro qurilmalari band etishdi.

Xiaomi T11 Pro ham o‘zining to‘rtinchi pog‘onasini saqlab qolgan. O‘tgan haftaga nisbatan bir pog‘ona yuqorilagan Galaxy M52 5G hamda Redmi Note 10 Pro smartfonlari mos ravishda beshinchi va oltinchi o‘rinlar egallashgan bo‘lsa, Galaxy A52s 5G ham ikki pog‘ona yuqorilab, yettinchi o‘ringa joylashdi.

Galaxy S21 Ultra top o‘ntalikka qaytdi, hozirda smartfon sakkizinchi pog‘onada. Xiaomi'ning yangi seriyadagi Civi smartfoni esa to‘qqizinchi natijani qayd etdi. Ro‘yxatini Poco X3 Pro yakunlab berdi.

iPhone 13 mini, iPad mini (2021), iPhone 12 Pro Max qurilmalari top o‘ntalikni tark etishdi.

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Apple iPhone 13
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Apple iPhone 13 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Xiaomi T11 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Samsung Galaxy M52 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Civi
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (37-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!