Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (38 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (38 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 38 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. iPhone 14 Pro Max hamon liderlikni ushlab qolmoqda. Biroq uning “ukasi“ iPhone 14 Pro bir pog‘ona pastlab, ikkinchi o‘rinni Galaxy S22 Ultra'ga bo‘shatib berdi. 

OnePlus 11 Pro modeliga oid mish-mishlar o‘tgan haftada tarmoqlarda ko‘p tarqaldi. Ko‘rinishidan, smartfon muhlislar e’tiborini torta olgan. Hozirda rasman taqdim etilmagan ushbu smartfon to‘rttinchi o‘ringa joylashgan. Beshinchi o‘rin uzoq tanaffusdan so‘ng reytingga qaytgan Galaxy S21 FE modeliga nasib etdi. 

Galaxy A53 oltinchi pog‘onadan o‘rin oldi. Bu bilan Galaxy smartfonlari soni reytingda uchtaga yetdi. iPhone 14 uchinchi o‘rindan yettinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, 14 Plus hatto top o‘ntalikni tark etdi.

Xiaomi kompaniyasining doimiy vakili Redmi Note 11 sakkizinchi o‘ringa joylashdi. Undan keyingi ikki o‘rindan iPhone 13 Pro Max va iPhone 13 smartfonlari joy oldi. 

Apple iPhone 14 Pro Max

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Apple iPhone 14 Pro

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

OnePlus 11 Pro

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy S21 FE 5G

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Apple iPhone 14

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Apple iPhone 13 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (37 hafta)