Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 39 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bir necha haftadan beri iPhone 14 Pro Max yetakchilikni hech qaysi smartfonga bermayapti. Galaxy S22 Ultra ham o‘zining ikkinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, yaqin kunlarda taqdim etiladigan Pixel 7 Pro uchinchi o‘rinni egalladi. 

Yangi Xiaomi Civi 2 modeli to‘rtinchi o‘rinni band etdi, undan keyingi ikki o‘ringa Galaxy A53 hamda Redmi Note 11 modellari joylashdi. Eski iPhone X smartfoni yettinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, iPhone 14 Pro sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. 

Galaxy S21 FE to‘qqizinchi o‘rinni band etdi. Top o‘ntalikni esa iPhone XR yakunlab berdi.

Apple iPhone 14 Pro Max

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Google Pixel 7 Pro

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Civi 2

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Apple iPhone X

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 14 Pro

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy S21 FE

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Apple iPhone XR 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (38 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!