Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

Ortda qolgan to‘rtinchi haftada Samsung Galaxy S21 Ultra yana bir karra yetakchilik qilgan bo‘lsa, kumush medalni kutilmagan qurilma — Sony Xperia Pro smartfoni egalladi.

Top uchlikka, o‘tgan galgi kabi, Xiaomi Mi 11 yakun yasagan bo‘lsa, Poco M3 yuqoriga ko‘tarilib, to‘rtinchi pog‘onaga o‘z nomini yozdirdi.

O‘tgan hafta ikkinchilikni band etgan Galaxy S21 qoq markazni hech kimga bermadi. Undan keyin esa Galaxy A12 turibdi.

Apple iPhone 12 Pro Max har doimgidan farqli o‘laroq to‘qqizinchi emas, yettinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi.

Snapdragon 870 chipsetida ishlaydigan dunyodagi ilk smartfon — Motorola Edge S sakkizinchi, Redmi Note 9 Pro esa to‘qqizinchi o‘rinda turibdi. Top o‘ntalikka Poco X3 NFC yakun yasab berdi.

Shunday qilib, chartimizning doimiy vakili Galaxy A51 bilan xayrlashdik. Honor View40 va vivo X60 Pro+ lar ham bu gal ko‘rinish bermadi.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, reytingimiz Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 3 ta, Sony'ning 1 ta, Motorola'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Sony Xperia Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Poco M3Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy S21 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Motorola Edge S
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!