Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

O‘tgan hafta global Redmi Note 11 seriyasi taqdim etildi. Bu o‘z navbatida reytingda bir necha o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Redmi Note 11 Pro 5G smartfoni birinchilikni Galaxy S21 FE'dan tortib oldi. 

Galaxy S22 seriyasining taqdimotiga oz fursat qolmoqda. Ushbu seriyadagi S22 Ultra'ga bo‘lgan qiziqish oshdi. Shuning uchun, ushbu smartfon reytingning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. 

Kuchli uchlikka Galaxy S21 FE qurilmasi yakun yasadi. 

Redmi 11 Pro 4G to‘rtinchi, Redmi Note 11 esa beshinchi o‘rinni egalladi. 

OnePlus 10 Pro birdan oltinchi o‘ringa tushib ketdi. O‘z navbatida, Galaxy A52s va iPhone 13 Pro Max ham bir necha pog‘ona pastlab, yettinchi hamda sakkizinchi o‘rinlarni band etishdi. 

Xiaomi 12 to‘qqizinchi o‘ringa pastlagan bo‘lsa, iPhone 13 dizaynidagi Gionee G13 Pro reytingga yakun yasab berdi. 

Top o‘ntalikni Redmi Note 10 Pro, Galaxy A12, realme 9 Pro+, Xiaomi 11T hamda Redmi Note 11 Pro (Xitoy) smartfonlari tark etdi. 

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G (Global)

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Samsung Galaxy S21 FE

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 1 

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 4G 

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan  

OnePlus 10 Pro

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 2 

Samsung Galaxy A52s 5G

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 4 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 5 

Xiaomi 12 Pro

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 3

Gionee G13 Pro

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3 hafta) 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.