Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (40 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (40 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 40 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bu haftada iPhone 14 Pro Max modelining liderligiga chek qo‘yildi. Yangi taqdim etilgan Pixel 7 Pro smartfoni birinchi o‘ringa joylashib, iPhone 14 Pro Max'ni ikkichi o‘ringa tushirib yubordi. Kuchli uchlikni yana bir yangi smartfon Xiaomi 12T Pro yakunlab berdi. 

Google Pixel 7 to‘rttinchi o‘rinni band etdi. Galaxy S22 Ultra esa beshinchi o‘ringa tushib ketdi. 200MP kameraga ega yangi infinix Zero Ultra modeli oltinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, Galaxy A53 yettinchi pog‘onadan joy oldi. 

iPhone X hamda Xiaomi 12T modellari mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarga joylashdi. Top o‘ntalikni Redmi Note 11 modeli yakunlab berdi.

Google Pixel 7 Pro

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 14 Pro Max

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi 12T Pro

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Google Pixel 7

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Infinix Zero Ultra

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Apple iPhone X

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Xiaomi 12T

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!