Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (42-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (42-hafta)

Google nihoyat Pixel 6 hamda 6 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Bu hafta ikki smartfon top o‘ntalikning eng yuqori qismidan, ya’ni Pixel 6 Pro birinchi, Pixel 6 esa ikkinchi o‘rindan joy egalladi.

Ancha vaqtdan beri reytingda yetakchi bo‘lib kelayotgan iPhone 13 Pro Max bu hafta uchinchi o‘ringa pastladi.

Hali taqdim etilmagan Redmi Note 11 Pro to‘rtinchi, Note 10 Pro esa beshinchi pog‘onaga joylashdi.

Galaxy A52s o‘tgan haftadagi o‘rnidan bir pog‘ona pastlab oltinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, o‘tgan haftada yetakchi bo‘lgan OnePlus 9RT bira to‘la yettinchi o‘ringa tushib ketdi.

Galaxy S21 Ultra esa o‘tgan haftadagi sakkizinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, bir pog‘ona yuqorilgan Galaxy A12 to‘qqizinchi o‘rinni band etdi. Top o‘ntalikni Poco X3 Pro smartfoni yakunlab berdi.

Reytingni esa Infinix Note 11 Pro, Xiaomi 11T hamda Black Shark 4S Pro smartfonlari tark etishdi.

Google Pixel 6 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Google Pixel 6
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

OnePlus 9RT
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (41-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!