Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (44-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (44-hafta)

O‘tgan haftada asosan yangi chiplar taqdim etildi. Shuning uchun top o‘ntalikda katta o‘zgarishlar bo‘lmadi.

Redmi Note 11 Pro+ reytingda yetakchi bo‘lib turgan bo‘lsa, xuddi o‘tgan haftadagidek Redmi Note 11 Pro modeli ikkinchi o‘rinda qolgan. O‘tgan hafta kuchli uchlikka yakun yasab bergan Xperia Pro-I bu hafta reytingni tark etdi. Uning o‘rnini Galaxy A52s 5G smartfoni egalladi.

Google Pixel 6 Pro qurilmasi Red Note 11'ni quvib o‘tib, to‘rtinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, yangi Poco M4 Pro 5G smartfoni esa oltinchi pog‘onadan o‘rin egalladi.

iPhone 13 Pro Max va Redmi Note 10 Pro mos ravishda yettinchi hamda sakkizinchi o‘rinlarni qayd etishdi. Galaxy S22 Ultra yana top o‘ntalikka qaytdi. Hozirda smartfon to‘qqizinchi pog‘onaga joylashgan bo‘lsa, Xiaomi 11T Pro reytingga yakun yasab berdi.

Top o‘ntalikni Xperia Pro-I, Pixel 6, Xiaomi 11i HyperCharge smartfonlari tark etishdi.

Xiaomi Redmi Note 11 Pro+
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Google Pixel 6 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Poco M4 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi 11T Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (43-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!