Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (49-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (49-hafta)

Motorola o‘tgan hafta Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfonni taqdim etdi. Ushbu Edge X30 smartfoni esa bu haftadagi reytingning birinchi pog‘onasidan joy oldi.

Bir necha haftadan buyon yetakchilikni hech kimga bermayotgan Redmi Note 11 Pro ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Galaxy A52s kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Yana bir yangi smartfon - Motorola Edge S30 esa to‘rtinchi o‘ringa joylashdi. Bu esa iPhone 13 Pro Max hamda Redmi Note 10 Pro qurilmalarini beshinchi va oltinchi o‘rinlarga tushib ketishiga sabab bo‘ldi.

Galaxy A12 hamda Poco X3 Pro smartfonlari ham ikki pog‘onaga pastlab, mos ravishda yettinchi hamda sakkizinchi pog‘onalarni band etdi.

Galaxy S21 Ultra ham to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, Redmi Note 11T 5G reytingga yakun yasab berdi.

Top o‘ntalikni Redmi Note 11 Pro+ hamda iPhone 13 smartfonlari tark etdi.

Motorola Edge X30
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 1

Samsung Galaxy A52s
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 2

Motorola Edge S30
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 3

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 4

Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 5

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 6

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 7

Xiaomi Redmi Note 11T 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (48-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.