Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (5-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (5-hafta)

Samsung Galaxy S21 Ultra smartfoni yilning ikkinchi haftasida e’lon qilingan edi. Qurilma o‘shandan buyon reytingimizda yetakchilikni qo‘ldan bergani yo‘q. Ikkinchi o‘ringa bu gal Poco M3 chiqib olgan bo‘lsa, Xiaomi Mi 11 uchinchi pozitsiyasini saqlab qolgan holda top uchlikni yopib berdi.

Galaxy A12 bo‘lsa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Redmi Note 9 Pro'ga bo‘lgan qiziqish ham yana anchayin oshdi, smartfon to‘rt pog‘ona ko‘tarilib, beshinchilikka o‘z nomini yozdirdi.

Oltinchilikni band etayotgan devays Galaxy S21 bo‘lib, flagmanning reytingi borgan sari pastlab bormoqda. iPhone 12 Pro Max esa o‘tgan haftadagi o‘rnidan qo‘zg‘algani yo‘q — yettinchi o‘rin.

Poco X3 sakkizinchida turgan bo‘lsa, Galaxy A51 chartimizga yana qaytib, to‘qqizinchi pog‘onani band etdi. realme X7 Pro esa ro‘yxatga yakun yasab berdi.

Shunday qilib, Sony Xperia Pro va Motorola Edge S'lar bilan vidolashdik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ortda qolgan beshinchi haftadagi reytingimizdan Samsung'ning 4 ta, Xiaomi'ning 4 ta, Apple'ning 1 ta va realme'ning 1 ta smartfoni o‘rin egalladi.

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy S21 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
realme X7 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!