Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (50-hafta) 

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (50-hafta) 

O‘tgan hafta Oppo kompaniyasi o‘zining Find N buklamafonini taqdim etdi. Ushbu smartfon bu haftadagi reytingda birinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan haftada yetakchi bo‘lgan Motorola Edge X30 smartfoni bir hafta o‘tib beshinchi o‘ringa tushib ketdi. 
 
Redmi Note 11 Pro hamda Galaxy A52s qurilmalari o‘tgan haftadagi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini saqlab qoldi. 
 
To‘rtinchi o‘rin iPhone 13 Pro Max'ga nasib etgan bo‘lsa, oltinchi o‘ringa Redmi Note 10 Pro joylashdi. 
 
Galaxy A12 va Galaxy S21 Ultra smartfonlari mos ravishda yettinchi hamda sakkizinchi pog‘onalarni band etishdi. 
 
Poco X3 Pro bir pog‘ona pastlab, to‘qqizinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, iPhone 13 reytingga yakun yasab berdi. 
 
Top o‘ntalikni Motorola S30 hamda Redmi Note 11T smartfoni tark etdi. 
 
Oppo Find N
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 
 
Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 2 
 
Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 3 
 
Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 5 
 
Motorola Edge X30
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 1 
 
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 6 
 
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 7 
 
Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 9 
 
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 8 
 
Apple iPhone 13
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!