Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (51-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (51-hafta)

Oppo Find N buklamafoni reytingda yetakchilikni uzoq vaqt saqlab qola olmadi. Smartfon bu hafta hatto top o‘ntalikdan ham chiqib ketdi.

Ertaga taqdim etilishi kutilayotgan Xiaomi 12'ga qiziqish keskin oshdi. Qurilma reytingda yetakchilikni qo‘lga oldi. Redmi Note 11 Pro va Galaxy A52s qurilmalari kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

To‘rtinchi o‘ringa yana bir taqdim etilmagan vivo V23 Pro qurilmasi joylashdi. Huawei P50 Pocket esa beshinchi o‘rinni egalladi.

iPhone 13 Pro Max bu hafta oltinchi o‘ringa tushib ketdi. yangi vivo S12 Pro esa yettinchi pog‘onani egalladi.

Galaxy A12 va Redmi Note 10 Pro mos ravishda sakkizinchi hamda to‘qqizinchi o‘rinlarni band etishdi. Reytingni Galaxy S21 Ultra yakunlab berdi.

Top o‘ntalikni Poco X3 Pro, iPhone 13, Motorola Edge X30 hamda Oppo Find N smartfonlari tark etdi.

Xiaomi 12
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 2

Samsung Galaxy A52s
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 3

vivo V23 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Huawei P50 Pocket
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 4

vivo S12 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 7

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 6

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (50 hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!