Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (6 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (6 hafta)

Xabaringiz bor o‘tgan haftada Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazadi. Unda Galaxy S22 seriyasi smartfonlari hamda Tab S8 seriyasi planshetlari taqdim etildi. 

Shunday qilib, bu haftadagi reytingda S22 triosi jadvalda yetakchi o‘rinlarni egalladi. Galaxy S22 Ulta birinchi, undan keyingi o‘rinni S22 band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka S22+ yakun yasadi. 

Redmi Note 11 Pro 5G va Redmi Note 11 qurilmalari mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga joylashdi. 

Galaxy S21 FE jadvalda uch pog‘ona pastlab, oltinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, iPhone 13 Pro Max 13 ham o‘tgan haftadagi o‘rinidan ikki pog‘ona pastlab, yettinchi o‘rinni egalladi. 

Oxirgi uchta o‘rin ham Samsung qurilmalariga nasib etdi. Galaxy A52s sakkizinchi, Tab S8 Ultra to‘qqizinchi o‘rinlarni band etgan bo‘lsa, reytingni Galaxy A12 smartfoni yakunlab berdi. 

Top o‘ntalikni bu hafta Gionee G13, Redmi Note 11 Pro va Redmi Note 10 Pro qurilmalari tark etdi. 

Samsung Galaxy S22 Ultra 5G

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 1

Samsung Galaxy S22 5G

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy S22+ 5G

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 2 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 9 

Samsung Galaxy S21 FE 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 3

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 5 

Samsung Galaxy A52s 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 4

Samsung Galaxy Tab S8 Ultra

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan 

Samsung Galaxy A12

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (5 hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!