Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (7-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (7-hafta)

Yettinchi haftada to‘rtta yangi smartfon reytingdan o‘rin oldi. Galaxy S22 Ultra birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Kutilmaganda Redmi Note 11 bir necha pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Galaxy S22 modeli esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Yangi taqdim etilgan Redmi K50 Gaming va Motorola Frontier smartfonlari to‘rtinchi hamda beshinchi o‘rinlarni band etdi. Albatta, hali taqdim etilmagan Motorola Frontier qurilmasiga qiziqish katta, chunki unga 200MP kamera o‘rnatilishi kutilmoqda. 

Redmi Note 11 Pro 5G o‘tgan haftadagi o‘rnidan ikki pog‘ona pastlab, oltinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, yangi realme 9 Pro+ smartfoni yettinchi o‘rinni band etdi. 

Galaxy S22+ sakkizinchi, IPhone 13 Pro Max esa to‘qqizinchi o‘ringa pastladi. Reytingni realme 9 Pro qurilmasi yakunlab berdi. 

Ushbu haftaning top o‘ntaligini Galaxy S21 FE, Galaxy A52s, Galaxy A12 va Galaxy Tab S8 Ultra qurilmalari tark etdi. 

Samsung Galaxy S22 Ultra

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 1 

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 5

Samsung Galaxy S22

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 2

Xiaomi Redmi K50 Gaming

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Motorola Frontier

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi: 4

realme 9 Pro+

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy S22+

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 3 

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 7

realme 9 Pro

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (6 hafta) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!