Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (7-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (7-hafta)

Taqdim qilinishi bilanoq, Samsung Galaxy F62 smartfoni bizning reytingimizda birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Top uchlikning keyingi o‘rinlarini ham Samsung band etgan. Ikkinchi o‘rinda yuqori toifa Galaxy S21 Ultra, uchinchi o‘rinda quyi toifa Galaxy A12 smartfonlari turibdi.

Bu bilan o‘tgan reytingimizning yetakchisi Xiaomi Mi 11 to‘rtinchi o‘ringa «quladi». Qoq markazni ham Mi 11'ning qardoshi, taqdimotiga hali ancha bor bo‘lgan Xiaomi Mi 11 Ultra band etmoqda.

Oltinchi o‘ringa Poco M3 o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, iPhone 12 Pro Max'ga yettinchilik nasib etdi.

Samsung Galaxy A51 sakkizinchiga tushib ketgan bo‘lsa, qolgan ikki o‘rinni Redmi Note 9 Pro va Poco X3 NFC'lar egalladi.

Bu bilan Galaxy A71 va Galaxy S21'larga vidolashuv so‘zini aytdik.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, yettinchi haftadagi chartimizni Xiaomi'ning 5 ta, Samsung'ning 4 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni tuzib berdi.

Samsung Galaxy F62
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Mi 11 Ultra
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (6-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!