Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (8-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (8-hafta)

Samsung Galaxy F62 faqatgina bir hafta yetakchilik qila oldi xolos. Yangi taqdim qilingan Redmi K40 Pro+ smartfoni birinchilikni egalladi va Galaxy F62'ni ikkinchi o‘ringa o‘tishga majbur qildi.

Yana bir yangi smartfon — Galaxy A32 4G top uchlikka yakun yasadi. Galaxy S21 Ultra to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Qoq markazni Galaxy A12 egallagan bo‘lsa, Xiaomi Mi 11 va Redmi K40'lar mos ravishda oltinchi va yettinchi o‘rinlarga o‘z nomini yozdirdi.

Sakkizinchi o‘rin Galaxy M62'ga nasib etgan bo‘lsa, Poco M3 to‘qqizinchi o‘rin bilan cheklandi. Top reytingimizga esa K40 Pro nuqta qo‘ydi.

Shunday qilib, ortda qolgan sakkizinchi haftadagi reytingimizni Samsung'ning ham, Xiaomi'ning ham beshtadan smartfoni tuzib berdi.

Apple iPhone 12 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Redmi Note 9 Pro, Xiaomi Mi 11 Ultra va Poco X3'lar bu gal ko‘rinish bermadi.

Xiaomi Redmi K40 Pro+
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy F62
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi K40
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M62
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi K40 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (7-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!