Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (9-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (9-hafta)

Taqdim qilinishi bilan Redmi Note 10 smartfonlari hammaning e’tiborini o‘ziga qaratdi va bizning chartimiz yetakchisiga ham aylandi.

Hindiston bozori uchun chiqarilgan Redmi Note 10 Pro Max yetakchilik qilmoqda. Ikkinchilikni Xiaomi Poco F3 band etgan bo‘lsa, top uchlikka Redmi Note 10 Pro yakun yasadi.

To‘rtinchi o‘ringa Redmi Note 10 o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, qoq markaz Redmi K40 Pro+ ga tegdi.

Oltinchi va yettinchi o‘rinlarni mos ravishda Samsung Galaxy A32 va S21 Ultra 5G qurilmalari egalladi.

Xiaomi Redmi Note 10 5G sakkizinchilik bilan kifoyalangan bo‘lsa, to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlar Samsung Galaxy A12 va Redmi K40'larniki bo‘ldi.

Shunday qilib, Xiaomi'ning 7 ta, Samsung'ning 3 ta smartfoni to‘qqizinchi haftadagi reytingimizni tuzib berdi.

Bu bilan Galaxy F62, Xiaomi Mi 11, Galaxy M62, Poco M3 va Redmi K40 Pro'lar bu gal ko‘rinish bermadi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi K40 Pro+
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 10 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi K40
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (8-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!