Ommabop smartfonlar top o'ntaligi (yanvar oyi)

Ommabop smartfonlar top o'ntaligi (yanvar oyi)

Joriy yilning birinchi haftasi GSMArea saytining ommabop smartfonlar haftalik ro'yxatida noodatiy liderlar bilan boshlandi. Xususan, Motorola'ning Lenovo ThinkPhone biznes smartfoni CES 2023 tadbirida og'izdan tushmadi va u 2023-yilning ilk haftasida top 10 ro'yxatning birinchi o'rnini egalladi. Shuningdek, o'sha haftada Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlar ilk marta o'z vatanidan tashqarida, Hindistonda debyut qilishi bilan ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallashdi. To'rtinchi o'rinni Galaxy S22 Ultra egallagan bo'lsa, yangi yil arafasida sotuvga chiqarilgan Redmi K60 Pro top beshlikni yakunladi. Garchi OnePlus 11 ham yangi taqdim qilingan bo'lsada, u unchalik e'tibor torta olmadi shekilli, ro'yxatnig oltinchi o'rnidan joy oldi. Navbatdagi o'rinlar Galaxy A53 5G, iPhone 14 Pro Max va Xiaomi 13 Pro tomonidan band qilingan bo'lsa, ro'yxat salkam 5 yil avval taqdim qilingan iPhone XR bilan tugallangan.

Yanvar oyi o'rtalariga kelib, hali taqdim qilinishiga bir necha oy bor bo'lgan Galaxy A54 smartfoni top o'nlikka qo'shilib, birinchi o'rinni egallab oldi. Redmi Note 12 Pro birinchilikdan bir qadam ortda turibdi. Mish-mishlar kuchi bilan esa Galaxy S23 Ultra ham ro'yxatga yangi qo'shilib, top uchlikni yakunlagan. Galaxy S22 Ultra esa o'z joyini hech kimga berganicha yo'q, u hali ham to'rtinchi o'rinda. OnePlus 11 smartfoni avvalgi haftadan bir pog'ona yuqoriga ko'tarilib olgan bo'lsa, o'sha haftadagi "kumush medal" sohibi oltinchi o'ringa tushib qolgan. Samsung Galaxy'lari og'zidagi oshni oldirib yuboradiganlardan emas: Galaxy A54 ham o'z o'rnini mahkam ushlagan. Hindistonda yangi taqdim qilingan Galaxy A14 5G esa iPhone 14 Pro Max'dan sakkizinchi o'rinni torib olib, uning o'zini to'qqizga tushirib qo'ygan. Top o'nlik Galaxy A54 bilan taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy A34 bilan tugallagan.

Mish-mishlar va juda ko'plab ma'lumotlar tarqatilishi ortidan fevralda chiqarilishi kutilayotgan Galaxy S23 smartfonlari hammaning e'tiborini o'ziga tortdi: Galaxy S23 Ultra yanvar oyi uchinchi haftasida liderlikni o'z qo'liga olgan bo'lsa, undan keyingi o'rinni Galaxy S23 Plus egallagan. Orada Galaxy A14 bo'lmaganida, Galaxy S23 bilan top uchlik ajoyib tarzda yakunlagan bo'lar edi. Lekin shunda ham Galaxy S22 Ultra bilan top beshlik to'liq Samsung smartfonlari bilan tugallangan. Oltinchi o'rinda Redmi Note 12 Pro turgan bo'lsa, iPhone 14 Pro Max Galaxy A53'ni sakkizga tushirib o'zi yettinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lgan. OnePlus 11 to'qqiz, Redmi Note 12 o'ninchi o'rinni band qilgan.

O'tgan haftaga keladigan bo'lsak, taqdimot sanasi yaqinlashib kelar ekan, Galaxy S23 Ultra hali ham birinchilikni saqlab turibdi. Yana bir Samsung smartfoni, Galaxy A14 esa yuqoriga harakatlanishda davom etmoqda, u ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Yangi mish-mishlar bilan Poco 5X Pro ro'yxatga yangi qo'shilishi bilan uchinchi o'rinni egallab olgan. Galaxy S22 Ultra o'zining to'rtinchi o'rniga qaytib olgan bo'lsa, Galaxy A53 esa unga yetib olgan. Kutilmaganda oltinchi, yettinchi va to'qqizinchi o'rinlar Apple smartfonlari: iPhone XR, iPhone 14 Pro Max va iPhone X tomonidan band qilingan. Xiaomi'ning Redmi Note 12 smartfonlari esa ro'yxatdan chiqqisi yo'q. Oddiy model sakkizinchi o'rinda bo'lsa, top o'nlik Pro model bilan tugallangan.

  1-hafta 2-hafta 3-hafta 4-hafta
1. Motorola Thinkphone Samsung Galaxy A54 Samsung Galaxy S23 Ultra Samsung Galaxy S23 Ultra
2. Xiaomi Redmi Note 12 Xiaomi Redmi Note 12 Pro Samsung Galaxy S23+ Samsung Galaxy A14 5G
3. Xiaomi Redmi Note 12 Pro Samsung Galaxy S23 Ultra 5G Samsung Galaxy A14 5G Xiaomi Poco X5 Pro
4. Samsung Galaxy S22 Ultra 5G Samsung Galaxy S22 Ultra 5G Samsung Galaxy S23 Samsung Galaxy S22 Ultra 5G
5. Xiaomi Redmi K60 Pro One Plus 11 Samsung Galaxy S22 Ultra 5G Samsung Galaxy A53 5G
6. OnePlus 11 Xiaomi Redmi Note 12 Xiaomi Redmi Note 12 Pro Apple iPhone XR
7. Samsung Galaxy A53 5G Samsung Galaxy A53 5G Apple iPhone 14 Pro Max Apple iPhone 14 Pro Max
8. Apple iPhone 14 Pro Max Samsung Galaxy A14 5G Samsung Galaxy A53 5G Xiaomi Redmi Note 12
9. Xiaomi 13 Pro Apple iPhone 14 Pro Max OnePlus 11 Apple iPhone X
10. Apple iPhone XR Samsung Galaxy A34 Xiaomi Redmi Note 12 Xiaomi Redmi Note 12 Pro

O'QING: Qaysi smartfon brendi o‘z qurilmasini yangilanishlar bilan eng uzoq qo‘llab-quvvatlaydi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!