O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

  •   DiMaX
  •  2741
  •  22.01.2021 14:48

O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Pebble rusumli aqlli soatlar asoschisi Erik Migikovski yangi – Beeper servisini ishga tushirdi. Bu – 15 tacha messenjer (xususan, WhatsApp, Telegram, Twitter, Instagram, Slack, Skype kabilar)ni yagona interfeysda birlashtiruvchi servisdir, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Twitter’da akkaunt ochish shartmas – u yerdagilarni Telegram orqali kuzata olasiz!

Ushbu messenjerlar agregatoriga oyiga $10 to‘lab ulanish mumkin, deyiladi xabarda. Beeper ilovasi macOS, Windows, Linux‍, iOS hamda Android tizimlarida ishlaydi.

Chatlarni sinxronlash uchun Matrix ochiq protokolidan foydalanilib, turli messenjerlar o‘rtasida ko‘prik o‘rnatiladi. Beeper servisi WhatsApp, Facebook Messenger va Instagram bilan integratsiyalashgan, SMS-xabarlar orqali Android va iMessage, Telegram, Twitter, Slack, Hangouts, Skype, IRC, Discord, Signal, Matrix va Beeper tarmog‘i o‘zaro bog‘lanadi. Har haftada yangi servislar uchun qo‘shimchalar yangilanib borishiga va’da berilyapti.

Beeper ilovasida barcha xabarlar bir qutida to‘planadi. Foydalanuvchilar bir yo‘la barcha chatlarda qidiruvni amalga oshira oladilar, xabarlarni bir guruhga to‘plashlari, arxiv va eslatmalar yaratishlari mumkin.

Beeper’ga, hozircha, taklifnoma orqali bog‘lanish mumkin. Buning uchun loyiha saytida anketani to‘ldirib, ariza qoldirish kerak.

O‘QING: «Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor!» – ikki o‘zbek bokschisi Instagram’da «jang» qildi