O‘n oylik chaqaloq Tesla elektromobili uchun 10 ming dollarlik xarid qildi

  •   DiMaX
  •  274
  •  24.06.2021 08:06

O‘n oylik chaqaloq Tesla elektromobili uchun 10 ming dollarlik xarid qildi

TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi @stayfitstaylit nomli foydalanuvchining o‘n oylik o‘g‘li iPad o‘ynab turib, Tesla elektromobili uchun 10 ming dollarlik dasturiy ta’minotni sotib olgan. To‘lov mobil ilova orqali amalga oshirilgan, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Ushbu dasturiy ta’minot yordamida elektromobil avtopilotda harakatlana oladi, avtomatik ravishda qatnov qismlarini o‘zgartiradi va to‘xtab turadi, to‘liq avtonom kompyuterga o‘tib, svetoforlarni taniy oladi.

Ayolning o‘zi, chaqalog‘i 10 837 dollar miqdoridagi avtomobil dasturiy ta’minotni sotib olish uchun mustaqil ravishda to‘lov qilganligini ta’kidlagan.

Xaridor ayol tasdiqni – kvitansiyani, avtomashina aqlli ravishda o‘zi harakatlanishi va yo‘lovchiga eshiklarni ochishini videoga olib ko‘rsatgan.

Amerikalik ayolning ta’kidlashicha, u va bolaning otasi o‘z farzandining bu ishidan g‘azablanmagan, chunki ular oldinroq ushbu xaridlarni amalga oshirish kerakligini muhokama qilishgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq ularni qaror qabul qilishga undagan va ular uchun hamma narsani o‘zi bajargan.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!