O‘n xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasi kela boshladi!

  •   DiMaX
  •  1495
  •  19.02.2021 15:03

O‘n xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasi kela boshladi!

Avvalroq biz Samsung to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilayotgani haqida xabar bergan edik. Yaqinda esa u hamyonbop telefonlaridan yana to‘rttasiga eng yangi – Android 11 operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan proshivka tarqatgan.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)

Janubiy koreyalik texnogigantning smartfonlari, ayniqsa o‘tgan yillardagi flagmanlari egalari uchun quvonchli kunlar keldi. Ya’ni, Samsung o‘zining bir qator telefonlariga smartfonlariga Android 11 tizim talqini asosidagi One UI 3.1 grafik qobig‘i bilan tayyorlangan proshivkalar jo‘natishni boshladi.

One UI 3.1 grafik qobiqli proshivkalar shu kungacha Galaxy S21 turkumidagi flagman smartfonlariga, yana Galaxy Tab S7 hamda Tab S7+ planshetlariga taqdim etilgan edi. Bulardan tashqari, Galaxy S20 FE arzon flagmani uchun ham apdeyt tarqatila boshlagan, ammo bir necha kundan so‘ng to‘xtatib qo‘yilgan.

Endi esa tegishli proshivkalarni qabul qilayotgan modellar ro‘yxati ancha kengaygan:

  1. Galaxy S20
  2. Galaxy S10
  3. Galaxy Note 20
  4. Galaxy Note 10
  5. Galaxy A71
  6. Galaxy A51
  7. Galaxy A90
  8. Galaxy A80
  9. Galaxy A70
  10. Galaxy A50

Ushbu ro‘yxatdagi smartfonlarga Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan One UI 3.1 grafik qobiqli proshivkalar dunyoning hududlari bo‘ylab bosqichma-bosqich tarzda tarqatilmoqda.

Shuningdek, kompaniya o‘zining buklamafonlari – Galaxy Fold, Galaxy Z Fold 2 hamda Galaxy Z Flip flagmanlani uchun ham One UI 3.1 asosida proshivkalar tayyorlayotganini tasdiqlagan.

O‘QING: Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi