One plus 7T Pro DxOMark'dan sinovdan o‘tdi

One plus 7T Pro DxOMark'dan sinovdan o‘tdi

OnePlus'ning smartfonlari kamerasi bilan hech qachon maqtana olmagan.

7 Pro mijozlar xohlagan darajadagi fokus uzunligi bilan jihozlangandi va DxOMark'ning kamera sinovlariga ko‘ra, 7T Pro'ga ham OnePlus 7'dagi kabi linzalar o‘rnatilgan. Qurilma kamera sifati borasida Galaxy S10 va Huawei P30 Pro'dan keyingi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Smartfonga umumiy 114 ball berilgan; Galaxy S10 va Huawei P30 Pro'larning har ikkisi kamera sinovlarida 116 ball yig‘gan.

Ushbu natija ijobiy. DxOMark'dagilarning ta’kidlashicha, smartfon bilan olingan tasvirlarda ekspozitsiya aniq, dinamik diapozon esa keng, ranglar yorqin, turli sharoitlarda detallar ham anchayin yaxshi.

Biroq tasvirlarning tiniqlilik darajasi, oq balans va boshqa jihatlar borasida muammolar mavjud.

OnePlus 7T Pro'ning kamera sinovi tavsifini batafsil o‘qish uchun bu yerga bosing (manba ingliz tilida).

O‘QING: DxOMark’ni poraxo‘rlikda ayblashyapti: «xolis» baholashning bahosi qancha?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!