One UI 2.0 haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi

One UI 2.0 haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi

Samsung keyingi oy dasturchilar konferensiyasini o‘tkazadi. Unda kompaniya dasturiy ta’minotga oid yangiliklarini ma’lum qiladi. Aynan mana shu konferensiyada ilk marotaba koreyslarning yangi interfeysi — One UI 2.0 bilan tanishamiz. Kompaniyaning Android 10 uchun rejalari ham konferensiyada oshkor qilinishi ehtimoli bor.

Kutayotganingizdek, One UI 2.0 ko‘plab yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, mana shu funksiyalardan biri shuki, matn terayotganingizda smartfon taxminiy emodjilarni ko‘rsatib turadi. Bu kichik bo‘lsa-da, Samsung Klaviaturasiga qo‘shiluvchi ajoyib funksiya bo‘lishi aniq. 

Tan olish kerakki, bu o‘ta katta yangilik bo‘lmaydi. Matn terayotganingizda taxminiy emodji ko‘rsatuvchi bir qator messenjer va ilovalar bor. Osiyoda mashhur koreys messenjer ilovasi KakoTalk (yuklash) bitta misol bo‘lsa, Line (yuklash) boshqasi.

Bu funksiya allaqachon uchinchi tomon klaviaturalarida ham mavjud. Mahalliy klaviaturaga ham uni qo‘shish bilan foydalanuvchining endi boshqa klavituralar yuklashiga ehtiyoj kamayadi deganidir.

Yaqinda paydo bo‘lgan bir videoda Galaxy S10+ Android 10 va One UI 2.0'da ishlayotganiga guvoh bo‘lgandik. Rolikda Android 10'ning yangi imo-ishora tizimi ko‘rsatilgan. Google bu tizim qurilmalarga o‘rnatilishini ishlab chiqaruvchilarga majburiy qilib qo‘ygan.

Barcha ma’lumotni keyingi oy San Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan SDC (Samsung dasturchilar konferensiyasi) 2019'dan so‘ng bilib olamiz.

O‘QING: Android 10 rasman namoyish qilindi, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing!