Bayram boshlandi: One UI 5 barqaror versiyada tarqatilmoqda

Bayram boshlandi: One UI 5 barqaror versiyada tarqatilmoqda

O'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 proshivkasini besh bosqichli beta sinovlardan o'tkazganidan keyin Samsung uni o'tgan hafta bo'lib o'tgan SDC 2022 tadbirida rasman namoyish qildi. Kompaniya barqaror versiya oy oxirigacha chiqarilishini aytgan edi va bu, endilikda, amalga oshirilmoqda.

Berilgan ma'lumotlarga qaraganda, Samsung o'zining Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlari, shu bilan birga, Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 buklamafonlari uchun barqaror versiyadagi One UI 5 yangilanishini Yevropada, xususan, Italiya tarqatishni boshlagan. Ta'kidlash joizki, ushbu hududdagi qurilmalar uchun One UI 5 beta sinovlari hatto ochilmagan edi.

Ma'lum bo'lishicha, S908BXXU2BVJA proshivka versiyali yangilanish hajmi 2854.03 MB ni tashkil qiladi. Qolaversa, u 2022-yil oktyabr oyi xavfsizligi bilan birga kelgan.

One UI 5 yangilanishi kichik kosmetik o'zgarishlar, ekran qulfi dizayni sozlamalari kabi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi.

Galaxy S22 seriyasidan keyin Galaxy S21 flagman smartfonlari ikkinchi bo'lib, undan keyin boshqalar yangilanishni qabul qilishi kutilmoqda. One UI 5 bilan qutidan chiqadigan ilk Galaxy esa flagman bo'lmasligi mumkin.  

O'QING: Google boshlang‘ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi