One UI 5 yangilanishi rasman ushbu mamlakatlarda tarqatilmoqda

One UI 5 yangilanishi rasman ushbu mamlakatlarda tarqatilmoqda

Vanihoyat, bir necha oylik beta sinovlaridan so'ng, Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 qobig'ining barqaror versiyasini rasman tarqatishni boshladi. Yangilanish o'tgan hafta oxirida Italiyada tarqatilishi boshlagani aytilgan edi. Endilikda Norvegiya, Ispaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Chex Respublikasi va boshqa Yevropa mamlakatlari yangi versiyani qabul qilishni boshlagan.

O'QING: One UI 5 qanday o'zgarishlarni o'z ichiga oladi? 

Ma'lum bo'lishicha, S90xBXXU2BVJA proshivka versiyali dasturiy ta'minot yangilanishini Exynos 2200 chipli Galaxy S22, S22+ va S22 Ultra smartfonlari uchun chiqarilgan bo'lib, uning hajmi salkam 3GB ni tashkil qiladi.

Dunyoning qolgan qismidagi mamlakatlar uchun One UI 5 yangilanishini tarqatish hafta oxirigacha boshlanishi kutilmoqda.

O'QING: Sizning Galaxy smartfoningiz One UI 5 yangilanishini qabul qila oladimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!